Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada bolalarni mobil telefon orqali ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi
Tanzaniyada yangi tug‘ilgan bolalarni SMS orqali ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bundan buyon mamlakatda ota-onalar tug‘ilgan farzandlarining ismini, jinsini, tug‘ilgan sanasini va o‘zlari haqidani ma'lumotni masofadan turib xabar berishlari mumkin bo‘ldi.
Ana shundan so‘ng ularga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani bepul taqdim etishadi. Hukumatning qayd etishicha, yangi tizim yordamida so‘nggi besh yil ichida yangi tug‘ilayotgan bolalar haqida yetarli ma'lumot olingan.
Ayni paytda Tanziya aholisi soni ma'lum emas, chunki har 10 nafar bolaning 9 nafari ro‘yxatdan o‘tmagan. Hukumat tashkilotlariga tanzaniyaliklarning bor yo‘q 20 foiziga ma'lum xolos.
Buning yagona sababi yangi tug‘ilgan bolani ro‘yxatdan o‘tkazishning qimmatligidadir (3,5ming tanzaniya shilling yoki 1,6 dollar. Uch oygacha ro‘yxatdan o‘tmaganlar uchun jarima tariqasida 4 ming shilling yoki 1,85 dollar pul olinadi). Shu bois bir kunda bir dollardan kam pul ishlab topadigan mahalliy xalq uchun bolasini ro‘yxatdan o‘tkazish uncha zaril bo‘lmay kelayotgandi.