Jahon | 16:18 / 14.10.2015
4063
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Rossiya Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin Suriya davlatchiligini saqlab qolish tarafdori

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo Suriya davlatchiligini saqlab qolish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

“Rossiyani Asadni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqiradigan bayonotlarni har kuni eshitmoqdamiz. Go‘yoki aynan u tufayli Suriyada terrorchilar faollashib ketgan. Bu masalaga munosabatimizni allaqachon bildirib o‘tgan edik. Biz Asadni qo‘llab-quvvatlamaymiz, biz uchun asosiysi Suriya davlatchiligini saqlab qolishdir”, - dedi u brifing chog‘ida.

“Bizga Asad ketsa, mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi uqtirilmoqda, go‘yoki IShID Asad tufayligina jang qilmoqda”, - qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish