Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:17 / 14.10.2015
12853
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentlik haydovchi “Volga”sini kabrioletga aylantirib oldi
Toshkentlik noma'lum haydovchi “Volga” GAZ-21 avtomobiliga kabriolet shaklini berdi. Ushbu mashina fotosurati Facebook’dagi Only in Uzbekistan guruhida joylashtirildi.
Xabarda aytilishicha, mashina retroavtomobillar ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Shu bilan birga, uning egasi mashina konstruksiyasiga jiddiy o‘zgartirish kiritgani bois 5 yildan buyon ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan. Bu masala yaqindagina hal qilingan.