Jahon | 16:41 / 14.10.2015
3188
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Finlyandiya prezidentlari Anqaradagi terakt joyiga tashrif buyurishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo bilan birgalikda Anqarada yaqinda sodir etilgan terakt joyiga tashrif buyurdi.

Prezidentlar voqea joyiga gulchambar qo‘yib, halok bo‘lganlar xotirasiga sukut saqlashdi.
10 oktabr kuni Turkiya poytaxtida ikkita portlash sodir etildi. Portlashlarni ikki nafar terrorchi o‘z egnilaridagi “shahid kamari” yordamida amalga oshirgani aniqlandi. Terakt oqibatida 97 kishi halok bo‘ldi, 500 kishi tibbiy muassasalarga murojaat qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish