11:14 / 14.10.2015
4266

Viner-Usmonova: Alina Kabayeva Birinchi kanalda gimnastika haqidagi ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishi mumkin

Yaqinda Rossiyaning Birinchi kanalida boshlanadigan badiiy gimnastikaga bag‘ishlangan teleloyihaga 2004 yilgi Olimpiya chempioni, ikki karra mutlaq jahon chempioni Alina Kabayeva boshlovchilik qilishi mumkin, deb aytdi “R-Sport” agentligiga Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova.

“Xavfsizlik vositasisiz” (“Bez straxovki”) deb nomlanadigan shou g‘oyasi bo‘yicha Birinchi kanalda efirga uzatiladigan, taniqli muz ustida figurali uchish ustalari kino va shou-biznes yulduzlari bilan juftlikda chiqadigan “Muz davri” (“Lednikovyy period”) loyihasiga o‘xshash bo‘ladi.

“Juma kuni birinchi kanalda badiiy gimnastika bo‘yicha dastur suratga olinishi boshlanadi. Ko‘rsatuvda ayol va erkakdan iborat juftlik badiiy gimnastikadan turli mashqlarni namoyish qiladi, men esa hakamlar hay'atida o‘tirib, ularga baho beraman. Bu juda qiziqarli dastur bo‘ladi”, deb aytdi Viner-Usmonova.

“Ko‘rsatuvni Alina Kabayeva olib borishi rejalashtirilmoqda. Biroq kanal u bilan kelishib olganmi-yo‘qmi xabarim yo‘q”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi milliarder Alisher Usmanovning rafiqasi.

Top