09:41 / 15.10.2015
2500

Aleksis Sanches: "Real"ga o‘tmoqchi emasman. "Arsenal"dagi sharoitlar meni to‘la ravishda qanoatlantiradi

"Arsenal" jamoasining chililik yarim himoyachisi Aleksis Sanches o‘zining "Real" jamoasiga o‘tishi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

"Matbuot nega mening "Arsenal"ni tark etib, Madridga borishim haqida yozayotganiga tushunmadim. Men Londonda o‘zimni ko‘ngildagidek his qilmoqdaman. Men jamoamdagi barcha a'zolar bilan yaxshi munosabatdaman. London esa juda go‘zal shahar. Hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman, bu yerdagi barcha narsa meni to‘la qanoatlantiradi.

Men hamisha barchadan yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman. "Arsenal"dagi natijalarimni ham yaxshilash uchun yanada ko‘proq ishlayman.

Buni menga onam ham eslatib turadi. U har gal qo‘ng‘iroq qilganida darvozaga imkon qadar ko‘proq zarba yo‘llashimni maslahat beradi", deydi Sanches.

Top