Amerika fuqarosi ko‘proq “layk” yig‘aman deb 3 yoshli o‘g‘lining o‘limini sahnalashtirdi
Amerikalik taniqli pranker Roman Atvud turmush o‘rtog‘ini maksimal darajada qo‘rqitish va YouTube`da ko‘proq “layk” to‘plash uchun uch yoshli o‘g‘lining o‘limini sahnalashtirdi.
Atvud “quvnoq” o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. U radioboshqaruvli kvadrosikl, portlovchi qurilma va o‘g‘lining qo‘g‘irchoq nusxasidan foydalandi.
Videoda Atvud turmush o‘rtog‘ini chalg‘itib kvadrosiklda o‘tirgan o‘g‘lining o‘rniga qo‘g‘irchoqni o‘tqazib, uni qo‘yib yuboradi.
Shundan so‘ng kvadrosikl kuch bilan oldinga intilib, tramplindan balandlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi va darhol portlash sodir bo‘lib, alanga yerdan 9 metrgacha balandlaydi.
Ikki kun ichida videorolik 4 yarim mln martadan ko‘proq marotaba tomosha qilindi, biroq qariyb 10 minglab tomoshabinlar mazkur o‘yinni o‘ta shafqatsizlik, deb baholadi.