Jahon | 09:20 / 15.10.2015
2488
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropadagi harbiy kuchlarini o‘stirmaydi

AQSh quruqlik qo‘shinlari shtab boshlig‘i Mark Milli Vashington Yevropa hududidagi harbiy kuchlarini o‘stirishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.
“Bizning bunday rejamiz yo‘q, sovuq urush yillariga qaytib, Yevropaga 300-350 ming amerikalik askar jo‘natish zarur deb ham o‘ylamayman”, - dedi u Defence News nashriga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, shtabning yangi boshlig‘i Rossiyaning Suriyaga kirishiga munosabat bildirdi.
“Bu ancha xavotirli, negaki, mening fikrimcha, vaziyatni yana murakkablashtiradi”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish