10:16 / 15.10.2015
3310

AQShda shu yil hisobidan 24-mahbus qatl etildi

Texas shtati rahbariyati 2001 yilda politsiyachini o‘ldirishda ayblanib o‘limga hukm qilingan shaxsning qatlini amalga oshirdi. Jazo o‘lim keltiruvchi inʼeksiya qilish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Joriy yil hisobidan bu AQShda 24-mahbusning, Texasda esa 12-mahbusning qatl etilishidir. 33 yoshli Licho Eskamilya 2001 yil noyabrida tungi klubdan chiqishda mushtlashuv uyushtirib, to‘rt nafar politsiyachiga qarshi o‘qotar qurol qo‘llagan edi.

Politsiyachilardan biri o‘ldirilib, yana biri og‘ir yarador qilingan edi. Eskamilya ikkita o‘q bilan o‘ldirilgan politsiyachiga yaqinlashib, uning peshonasiga qarata yana uch marta o‘q uzgan edi. 2002 yil oktabrida jinoyatchi o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Top