18:45 / 15.10.2015
4930

Arman eksperti: Rossiya Turkiyani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi

Rossiya Turkiyaga o‘ziga xos ogohlantirish yo‘llab, Suriyadagi radikal terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Bu haqda o‘zini “turkolog” deb tanishtirgan armanistonlki ekspert Andranik Ispiryan Sputnik Armeniya agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Uning fikricha, Rossiyaning faollligi Turkiyani murakkab vaziyatga qo‘ydi.
“Turkiya shuncha yillar ixtilofning faol ishtirokchisi bo‘lib, jangarilarni tayyorlab, Asadni qulatishga harakat qildi, lekin Rossiya kirib kelishi bilan uning harakatlari susaydi. Bu vaziyatda Turkiya siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, - dedi u.

Ekspertning fikricha, Turkiya “turli islomparast guruhlar, shu jumladan, terrorchilarni” qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaga “yaxshi ma'lum”.

“Rossiyaning oxirgi harakatlari, havo chegarasini buzishi shuni ko‘rsatmoqdaki, u Turkiyaga ogohlantirish yo‘lladi, endi Anqara nazorat ostida bo‘ladi, endi Rossiya uning radikal ekstremistlarga homiylik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, - qo‘shimcha qildi Ispiryan.

Top