Sport | 18:56 / 15.10.2015
2354
2 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Boboyev: “Bunyodkor”ning 10 yillik yubileyi tadbirlari yil oxiriga qadar davom etadi

Bu yil Toshkentning “Bunyodkor” klubi tashkil etilganiga 10 yil to‘ldi. Ko‘plab muxlis- mutaxassislarni “qaldirg‘ochlar”ning 10 yillik yubileyi qay tarzda nishonlanishi qiziqtirmoqda.

O‘zbekistonning bayroqdor jamoalaridan biriga ustozlik qilayotgan Baxtiyor Boboyevning SPORTS.uz muxbiriga aytishicha, 10 yillik tantanasi tadbirlari yil oxiriga qadar o‘tkaziladi.

“Bunyodkor” tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan tadbirlar joriy yil mobaynida o‘tkazib kelinmoqda. O‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir, futbol va mehnat faxriylarini uchrashuvlarimizga taklif etish, muxlislar hamda yoshlar tashkiloti faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, yubileyga atalgan videorolik va hujjatli film yaratish, kitob va esdalik sovg‘alari tayyorlash kabilar amalga oshirilmoqda. 10 yil mobaynida erishilgan zafarlarimiz barchaga yaxshi ma'lum. Shu boisdan yubileyni o‘tkazish faqatgina Kubok finali natijasiga bog‘liq emas. Yil oxiriga qadar turli tadbirlar davom etadi, - deydi Boboyev.

Ta'kidlab o‘tamiz, “Bunyodkor” 17 oktabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Mazkur match Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish