Jahon | 18:57 / 15.10.2015
4107
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Rossiya va Eronning terrorchilikka qarshi kurashdagi yordamini yuqori baholadi

Suriya prezidenti Eron majlisi (parlamenti)ning milliy xavfsizlik va xorijiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Oloviddin Bo‘rijardiy boshchiligidagi Eron parlamenti a'zolari delegatsiyasini qabul qilib, Suriyada va umuman Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.

Suriya prezidenti Bashar Asad suhbat chog‘ida Rossiya va Eronning terrorchilikka qarshi kurashdagi yordamini yuqori baholadi.

“Biz Suriyaning terrorchilikka qarshi kurashidagi jangovorligini oshirishda do‘stona davlatlarning barcha sa'y-harakatlarini qadrlaymiz. Bunda muhim rol Rossiya va Eronga tegishlidir. Bu sa'y-harakatlar mintaqaning barcha xalqlari va butun dunyo uchun foydali bo‘ladi”, deb Asad aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Suriya televideniyesi.

Asad, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf solayotgan terrorga qarshi kurashda Rossiya, Suriya, Eron va Iroq bilan yagona frontni shakllantirishning katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, Bo‘rijardiy yangi frontning shakllantirilishi terrorchilikka qarshi kurashga tayyorgarligi haqidagi soxta vajlar bilan berkinadigan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya sa'y-harakatlarining inqirozga uchraganini namoyon qiladi, deb ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish