09:57 / 15.10.2015
3809

Benites Beyldan o‘z agentining bayonoti bo‘yicha Ronaldu bilan gaplashib olishini so‘radi

«Real» bosh murabbiyi Rafael Benites uelslik yarim himoyachi Garet Beylga qo‘ng‘iroq qildi va uning agenti Jonatan Barnettning bayonoti borasida tushuntirish berishni so‘radi.

Beyl esa murabbiyning savollarini inkor qilgan holda hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatida hech qanday muammo yo‘qligini ta'kidladi.

As nashrida yozilishicha, Beyl o‘z agenti Barnettning so‘zlari uning fikrlarini ifodalamasligini bildirgan.

Benites Beyldan mashg‘ulot chog‘ida Ronaldu bilan mazkur mavzuda gaplashib olishni so‘ragan.

Top