Jahon | 09:39 / 15.10.2015
2167
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador hukumati Assanjni shifokorga ko‘rsatishni so‘rab Britaniyaga murojaat qildi

Ekvador tashqi ishlar vaziri Rikardo Patino Buyuk Britaniya hukumatiga murojaat qilib, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj hech qanday to‘siqsiz mamlakat elchixonasidan chiqib, shifokor qabuliga borib kelishi uchun ruxsat so‘radi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Assanjga aniq tashxis qo‘yish uchun uni magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o‘tkazish talab qilinadi. Ammo elchixonasi binosida MRT yo‘q, shu bois u London ko‘chalariga chiqishga majbur bo‘ladi.

Patino 44 yoshli jurnalist Ekvador elchixonasidan chiqib, 24 soat davomida qo‘riqchilar nazorati ostida sog‘lig‘i bilan shug‘ullanib kelishiga ruxsat so‘ramoqda.
WikiLeaks resursida turli davlatlarning maxfiy hujjatlarini fosh etib kelayotgan Julian Assanj Shvetsiyaga ekstraditsiyadan qochib Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida yashirinib kelmoqda. 2012 yili Shvetsiya prokuraturasi uni voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblab, Buyuk Britaniyaga uni qaytarib yuborish yuzasidan so‘rov kiritgan edi. Ishning 10 yillik amal qilish muddati 2020 yilda tugaydi.

Bundan tashqari, Assanj fosh qilingan hujjatlarning asosiy qismiga egalik qilgan AQSh hukumatidan ham berkinishga majbur.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish