Sport | 21:44 / 15.10.2015
4173
1 daqiqa o‘qiladi

Elnur Abduraimov Rio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Qatarda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Elnur Abduraimov (-60 kg.) kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Rio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun jangda braziliyalik Robson Konseysaoga qarshi ringga chiqdi.

Birinchi raundda u raqibiga nisbatan faolroq bo‘lmasada, zarbalarining aniqligi sababli g‘alaba qozondi. Bundan ruhlangan bokschi keyingi raundlarni kichik ustunlik bilan bo‘lsada, o‘z foydasiga hal qildi.

Shunday qilib, mazkur dunyo birinchiligida hamyurtlarimiz, to‘rtta Rio Olimpiadasi yo‘llanmasini bilan birga uchtadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish