Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eritreya terma jamoasi futbolchilari Botsvanadan siyosiy boshpana so‘rashdi
Futbol bo‘yicha Eritreya terma jamoasining 10 nafar a'zosi 2018 yilgi JCh uchun saralash bosqichi doirasida Botsvanaga qarshi kechgan safar uchrashuvidan keyin vatanga qaytishni istashmadi. Ular Botsvana hukumatidan siyosiy boshpana so‘rashgan.
Futbolchilar aeroportda Eritreyaga qaytish reysiga chiqishni istamaganlaridan keyin hibsga olingan.
Botsvana Futbol federatsiyasi vakilining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda bu vaziyat o‘rganilmoqda.
Qayd etish kerakki, keyingi yillarda eritreyalik sportchilar Afrikadagi boshqa davlatlardan siyosiy boshpana so‘rash holatlari bir necha marta qayd etilgan.
Xususan, 2013 yilda Uganda futbol bo‘yicha Eritreya milliy terma jamoasining 15 nafar a'zosiga hamda terma jamoa shifokorlariga siyosiy boshpana bergan.
2009 yilda eritreyalik futbolchilar Keniya hukumatidan, 2011 yilda esa Tanzaniya hukumatidan boshpana so‘rab, murojaat qilishgandi.
BMT Eritreya hukumatini qiynoqlar qo‘llash va quldorlikka ruxsat berishda ayblab keladi. Eritreya esa bu aylarni inkor etib keladi.