Jahon | 17:47 / 15.10.2015
5226
1 daqiqa o‘qiladi

Foreign Policy: Putin Asad va sanksiyalardan xavotirda emas

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin sanksiyalar hamda Suriyadagi ittifoqdoshini yo‘qotayotgani tufayli tushkunlikka tushib, ushbu qadamlarni qo‘ymoqda, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi. Aslida u xalqaro siyosiy maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqchi, deb hisoblaydi Foreign Policy kolumnisti.

Bruking institutining Rossiya bo‘yicha eksperti Klifford Geddining ta'kidlashicha, Suriyadagi harbiy kompaniya iqtisodiyotning zaiflashuviga shoshqaloq reaksiya emas. Hattoki prezident Bashar Asad rejimini qutqarish ham asosiy maqsad emas. Putin o‘ylagan asosiy maqsad Rossiyaning jahon maydonidagi nufuzini tiklashdir.

“Rossiya AQSh bilan munosabatlarni buzishni niyat qilmayapti. U shunchaki qaror qabul qilish jarayonida qatnashmoqchi. Rossiyaning dadil qadami shundan dalolat beradiki, u AQShni muzokaralar stoliga chaqirmoqda”, - dedi Geddi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish