Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya dunyo bo‘yicha Volkswagen`ning 2,4 mln avtomobili qaytarib olinishini ma'lum qildi
Germaniyaning Avtomobil transporti bo‘yicha federal mahkamasi (KBA), ekologik testni soxtalashtirish masalasi bilan bog‘liq ravishda Volkswagen`ga mamlakatlar hududidan jami 2,4 mln avtomobilini majburiy ravishda qaytarib olish topshirig‘ini berdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilgan.
Majburiy qaytarib olish kompaniyaning zararli gazlarni kamaytirib ko‘rsatuvchi moslama o‘rnatilgan barcha dizelli avtomobil turlariga tegishli hisoblanadi.
Kontsern dastlab Germaniya federal mahkamasiga maxsus moslamali avtomobillarni egalari o‘z xohishlari bilan topshirishlarini yoki mashinalarni bepul ta'mirlab berishni taklif qilgan. Ammo mahkama bunga rozi bo‘lmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada “dizel mojarosi” 1,2 mln avtmobilga taalluqli bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich 11 mln. donani tashkil etadi.