Sport | 19:03 / 15.10.2015
2517
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Toshkent “Chellenjyer”ida yarim finalga chiqdi

Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan “Chellenjyer” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 125 ming dollardan iborat bo‘lgan turnir o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin chorak final bahsida Yevgeniy Donskoyni uch set natijasiga ko‘ra taslim etdi.

Dunyo reytingida 117-o‘rinni egallab turgan rossiyalik tennischi ilk setni 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Ikkinchi setda endi turnirning birinchi raketkasi bo‘lgan Denis 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi uchinchi setda ikkita breykni amalga oshirgan Istomin 6:2 hisobida zafar quchdi.

Istominning yarim finaldagi raqibi dunyoning 105-raketkasi hindistonlik Yuki Bxambri bo‘ladi.