Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:27 / 15.10.2015
3661
1 daqiqa o‘qiladi
Kanadada 10 kishini do‘pposlagan erkak politsiya yetib kelgunicha olamdan o‘tdi
Kanadadagi Lilloyet shahrida noma'lum shaxs bolg‘a bilan hujum qilib, 10 kishiga zarar yetkazdi. The Guardian nashrining xabar berishicha, u politsiya yetib kelguniga qadar olamdan o‘tgan.
Aytilishicha, hujumga uchraganlarning ikki nafari og‘ir yaralangan, ikki nafarining hayoti tahlikada.
Politsiya voqea joyiga yetib kelganda hujum qilgan erkak noma'lum sabablarga ko‘ra hushidan ketib qolgan. Reanimatsion jarayondan so‘ng uning o‘lgani tasdiqlangan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish