Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LADA Markaziy Osiyo va Mo‘g‘iliston bozoriga qaytmoqchi
LADA avtomobillari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Mo‘g‘iliston bozoriga qaytmoqda. Bu haqda 15 oktabr kuni AvtoVAZ matbuot xizmati xabar qildi.
"AvtoVAZ va "BIPEK AVTO" mazkur bozorlarda hamkorlikda faoliyat olib borishga kirishdi.
Bu boradagi shartnoma AvtoVAZ prezidenti Bu Andersson hamda "BIPEK AVTO - AZIYa AVTO" kompaniyasi direktorlar guruhi kengashi raisi Anatoliy Balushkin tomonidan imzolandi”, - deyiladi xabarda.
Imzolangan shartnoma muvofiq, "BIPEK AVTO - AZIYa AVTO" LADAning Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari:
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Mo‘g‘ilistondagi rasmiy distributoriga aylanadi.
“Bugungi kunda biz mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yagona yuqori standartlarini joriy etgan holda eksport bozorlarida distributorlik tarmog‘ini vujudga keltirayapmiz.
Rossiya va Qozog‘istondagi sheriklarimizning ijobiy ish tajribasi AvtoVAZ pozitsiyasi azaldan kuchli bo‘lib kelgan bozorlarga muvaffaqiyatli tarzda qaytamiz, deb ishonishimizga imkon tug‘diradi”, - deya matbuot markazi Bu Andersson so‘zlaridan iqtibos keltiradi.