Sport | 15:00 / 15.10.2015
5198
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JChda O‘zbekiston vakilasi oltin medal oldi

Latviyaning Riga shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Jahonoy Turkmanova (-44 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jahonoy dunyo birinchiligida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zbek qizlari orasida jahon chempioni bo‘lgan ilk sportchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq, o‘zbekistonlik dzyudochi qiz Diyora Keldiyorova ham o‘z yo‘nalishida mana shunday nomga sazovor bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Jahonoy Turkmanova Shomurodovna 1997 yilning 1 sentabr kuni Samarqand viloyati, Juma shahrida tavallud topgan. Ko‘p karra Osiyo va O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish