Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 85 ming o‘qituvchi namoyishlarda qatnashib, ishga kelmagani uchun jarimaga tortildi
Meksika Jamoat ta'limi vazirligi 14 oktabr kuni butun mamlakat bo‘ylab 85 ming nafardan ziyod o‘qituvchi ommaviy norozilik aksiyasida qatnashib, ishga kelmagani sababli bir kunlik ish haqi miqdorida jarimaga tortilganini ma'lum qildi.
Meksikaning bir qator shtatlarida 12 oktabr kuni ta'lim sohasi xodimlarining norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, natijada yuz minglab o‘quvchilar mashg‘ulotlarga chiqa olmadi. Lotin Amerikasi davlati o‘qituvchilarining kasaba uyushmalari mamlakatda ta'lim sohasini isloh qilishga o‘z noroziligini bildirmoqda.
Ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Oaxaka (54 ming nafar) va Michoakan (16,4 ming) shtatlarida eng ko‘p o‘qituvchilar ishga chiqishmagan. Jami bo‘lib esa 14ta shtat pedagoglari jarimaga tortilgan.