00:50 / 15.10.2015
3851

Muhojirlar Rossiya oq ayig‘i ortilgan yuk mashinasida Britaniyaga o‘tishga harakat qilishdi

Noqonuniy muxojirlar Fransiyadan Buyuk Britaniyaga o‘tish maqsadida britan hayvonot bog‘iga Rossiya oq ayig‘ini olib ketayotgan yuk mashinasiga chiqib olishgan, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Moskva hayvonot bog‘ida yashagan Nissan laqabli oq ayiq Buyuk Britaniyagacha yo‘lning katta qismini Germaniyagacha samolyotda bosib o‘tgan, u yerdan esa u Britaniyadagi hayvonot bog‘iga yuk mashinasida olib ketilgan.

Bir guruh muhojirlar yuk mashinasi Fransiyaning Kale shahrida bo‘lganda uning yukxonasining eshigini buzib, ulardan 3 nafari u yerda qafasda oq ayiq borligiga qaramasdan, mashinaga chiqib olgan. Muhojirlar politsiya tomonidan aniqlanguniga qadar mashina ichida 10 daqiqa o‘tirishgagina ulgurishdi, xolos.

Hayvonot bog‘i vakili oq ayiqqa hech qanday shikast yetmaganini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Nissan hayvonot bog‘idagi boshqa oq ayiqlarga qo‘shib yuborilgan va ular orasida yaxshi munosabatlar yuzaga kelgan.

Avvalroq eronlik ikki nafar noqonuniy muhojir Fransiyadan Buyuk Britaniyaga uzunligi 50 km bo‘lgan La-Mansh ostidagi tunnel orqali yo‘l bosib o‘tishgani ma'lum qilingandi.

Top