20:52 / 15.10.2015
2679

OAV: Anxel Vilyar UYeFAning ijrochi direktori etib tayinlandi

Ispaniyalik futbol amaldori Anxel Vilyar UYeFAning ijrochi direktori sifatida ishlashda davom etadi. Bugun u tashkilotning Non shahridagi yig‘ilish vaqtida shu vazifaga tayinlangan. Bu haqda El Pais nashri xabar qilgan.

U shuningdek, UYeFA vitse-prezidenti va Ispaniya Futbol Federatsiyasi prezidenti lavozimlarini saqlab qolgan.

Bugun, 15 oktabr kuni Nonda UYeFAning navbatdan tashqari yig‘ilishi boshlandi. Bu yig‘ilishning birinchi maqsadi tashkilotning ijrochi direktorini tayinlash hisoblanadi. Shuningdek, tashkilot tarkibidagi 54 federatsiya rahbarlarining uchrashuvi o‘tkaziladi.

Navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishiga Mishel Platini UYeFA prezidentligidan 90 kun muddatga chetlatilgani sabab bo‘ldi.

Kun oxirida yig‘ilish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkaziladi va unda UYeFA bosh kotibi Janni Infantino atroflicha ma'lumot beradi.

FIFA tashkilotning Odob-axloq qo‘mitasi 8 oktabr kuni Mishel Platinini FIFA tizimidagi poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojarolar doirasida 90 kunga lavozimidan chetlatgandi.

Undan oldinroq, FIFA rahbari Yozef Blatter va FIFA Bosh kotibi Jyerom Valke o‘z lavozimidan 90 kunga chetlashtirildi. Agar zarurat tug‘ilgan hollarda bu muddat yana 45 kunga uzaytirilishi mumkinligi aytilgan.

Top