OAV: Emirates Jyennifer Eniston tushgan reklamani himoya qilmoqda
Emirates aviakompaniyasi aktrisa Jyennifer Eniston tushgan snobistik reklamani himoya qilmoqda. Bu haqda Fox News nashri yozmoqda.
Rolik 1 oktabr kuni ommalashtirildi. 1 kuni ichida u Facebook’da 1 mln marta, YouTube’da 540 ming marta ko‘rildi.
Syujyetga ko‘ra, Eniston qo‘rqinchli tush ko‘radi, unga “oddiy” samolyotda tegishlicha lyuks xizmat ko‘rsatilmaydi. Shunda u Emirates laynerida uyg‘onib ketadi hamda lyuks servisga ega bo‘ladi.
Ko‘plarga bu rolik “elitar” hayotni targ‘ib qilgani bois ma'qul tushmadi. Shuningdek, u “tarixdagi eng snobistik reklama” deb topildi, chunki unda ko‘pchilikning qurbi yetmaydigan servis maqtalgan.
O‘z navbatida, aviakompaniya reklama ko‘pchilik tomonidan ijobiy qabul qilinganini ta'kidlamoqda. Kompaniya prezidentining katta o‘rinbosari Butros Butros reklamaning yumoristik mohiyatga ega ekanligi va bunga Enistonning juda yaxshi mos kelganligini ta'kidladi.
“Uning professionalligi va komediyaga ustaligi suratga olish maydonini yorishtirib yubordi, biz natijadan juda mamnunmiz”, - ta'kidladi u.