Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yengil sanoat rivojiga 900 mln dollar yo‘naltiradi
2019 yil oxiriga qadar O‘zbekiston tekstil sanoati yo‘nalishida umumiy qiymati 918 mln dollar bo‘lgan 77 loyihani amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zbekengilsanoat” vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu mablag‘lar mamlakatning turli hududlarida vertikal integratsiyalashgan tekstil komplekslarini yaratishga, shuningdek, amaldagi ishlab chiqarishlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi.
2010-2014 yillar orasida sohaga jami 800 mln dollar investitsiya kiritilgan edi. Buning hisobidan 670 mln dollarlik eksport salohiyatiga ega 147 korxona foydalanishga topshirildi va modernizatsiya qilindi, 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.