O‘zbekiston | 17:59 / 15.10.2015
5053
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 100ta yangi tekstil korxonasi tashkil etiladi

Yaqin 5 yil ichida O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokida tekstil sanoati yo‘nalishida 100ta yangi qo‘shma korxona tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda paxta tolasini qayta ishlash hajmini o‘stirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Oxirgi 3 yil ichida Germaniya, Shveytsariya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya va boshqa davlatlarning investorlari ishtirokida 100dan ortiq yangi tekstil korxonalari ish boshladi.
Bundan tashqari, bosh vazir bu borada O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish