18:23 / 15.10.2015
4850

O‘zbekistonda yiliga 1 million tonnaga yaqin paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Ibragim Ergashev XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasida ma'lum qildi.

Qimmatbaho texnik xom ashyo ishlab chiqarish bo‘yicha respublika dunyoda oltinchi, eksport bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi, deya oydinlik kiritdi u.

Bangladesh, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya o‘zbek paxtasi tolasining asosiy importyorlari hisoblanadi. Respublikada 21ta ixtisoslashtirilgan paxta terminali faoliyat ko‘rsatib, ularda bir vaqtning o‘zida 410 ming tonna paxta tolasini saqlash mumkin.

Ayni paytda mamlakatning tekstil sohasi yetishtirilgan hosilning 44 foizdan ziyodini qayta ishlamoqda. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 65 foizga yetkazish belgilangan. Buning uchun xorijiy investorlar ishtirokida 100dan ziyod korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Tashqi savdo kompaniyalarining tayyor tekstil mahsulotlari savdosini rag‘batlantirish uchun Bangladesh, Rossiya va Xitoyda vakolatxona va savdo uylari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kabi tuzilmalar Vetnam, Singapur va Indoneziyada ham tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda, deya qayd etdi Ibragim Ergashev.

Top