Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik gimnastika ustasi Oksana Chusovitina yettinchi bor Olimpiadada qatnashishni niyat qilmoqda
O‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Glazgoda yaqinda o‘tkaziladigan musobaqada bor imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqchi. Chunki ushbu turnir Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradi. Agar Chusovitina buni uddalasa, bu uning hayotidagi yettinchi Olimpiada bo‘ladi, deb ma'lum qilmoqda TASS.
"Jahon chempionatlarida nechanchi bor qatnashayotganligimni hech qachon hisoblamaganman, - deydi Chusovitina. – Glazgoga ham shunchaki ishtirok etish uchun boryapman. 2015 yilgi Jahon chempionati men uchun yakuniy bo‘ladimi? Men kelajak haqda bashorat qilishni istamayman. Rio Olimpiyadasidan so‘ng, o‘z faoliyatimni tugatish haqda ham hozir gapimoqchi emasman. Keyinroq ko‘ramiz. Hozircha mening yagona maqsadim, Olimpiya o‘yinlariga qatnashish litsenziyasini qo‘lga kiritishdir”.