Jahon | 15:23 / 15.10.2015
6229
1 daqiqa o‘qiladi

Putin AQShning Medvedevni qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb atadi

Rossiya prezidenti AQShning Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb hisoblaydi. Bu haqda 15 oktabr kuni TASS xabar qildi.
“Mazkur kuchsiz pozitsiya asosida birorta ham kun tartibining mavjud emasligi yotadi. Aftidan, boshqa aytadigan gap yo‘q”, - dedi Putin.

Gap shundaki, AQSh Suriyada terrorizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortgan. Bu haqda 14 oktabr kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qilgan edi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest esa taklifning rad etilishini Moskva IShIDga qarshi kurashda konstruktiv ulush qo‘shishni istamasligi bilan izohladi.
Shu munosabat bilan Kreml o‘z taassufini bildirib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish