13:18 / 15.10.2015
10203

Putin va Nazarboyev Kaspiy tubini bo‘lishib olishdi

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizining shimoliy qismi tubini chegaralash haqidagi 1998 yil 6 iyulida imzolangan kelishuv protokoliga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjatni imzolashdi.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov hujjat “Tsentralnaya” neft strukturasi faoliyatini tartibga solishini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ostonada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar rivoji, shuningdek, YeIIning istiqbollari yuzasidan fikr almashilishi aytilgan.

Top