Sport | 19:53 / 15.10.2015
6246
2 daqiqa o‘qiladi

Qatardagi JCh: O‘zbekistonlik bokschilarning finaldagi janglari va taqdirlash marosimlari (Video)

Kecha, 14 oktabr kuni Qatarda tashkil etilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlari yakuniga yetdi. Unda uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqib, kumush medallari bilan taqdirlanishdi.

Murodjon Axmadaliyev - Maykl Konlan (Irlandiya) bilan bellashdi.

56 kg.:
1. Maykl Konlan (IRL)
2. Murodjon Axmadaliyev (UZB)
3. Dmitriy Asanov (BLR)
3. Shiva Tapa (IND)


Fazliddin G‘oibnazarov Vitaliy Dunaytsevga (Rossiya) qarshi ringga chiqdi.

64 kg.:
1. Vitaliy Dunaytsev (RUS)
2. Fazliddin G‘oibnazarov (UZB)
3. Masuk Vuttichay (THA)
3. Yasnel Toledo (CUB)


Bektemir Meliqo‘ziyevga esa Arlen Lopes (Kuba) raqiblik qildi.

75 kg.:
1. Arlen Lopes (CUB)
2. Bektemir Meliqo‘ziyev (UZB)
3. Xosam Abdin (EGY)
3. Maykl O'Reyli (IRL)

Shunday qilib, bokschilarimiz mazkur jahon birinchiligida 3 kumush va 3 bronza medalni (Elnur Abduraimov, Elshod Rasulov, Bahodir Jalolov) qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Elnur Abduraimov (-60 kg.) Rio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun braziliyalik Robson Konseysao bilan kuch sinashadi.