Jahon | 19:14 / 15.10.2015
4365
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda qamoqxonadan qochgan mahbuslar haqidagi ma'lumotlar uchun 300 ming som miqdorida mukofot va'da qilindi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mamlakat hududida qidirilayotgan jinoyatchilarni topishda yordam berganlarga 300 ming som miqdorida mukofot puli belgiladi. Bu haqda KirTAG nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, mazkur jinoyatchilar terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishgan.

Hozirda qochib yurganlardan istagan birini tutib kelish uchun tashkilot mahalliy pulda 300 000 com miqdorida (4 ming AQSh dollari) mukofot beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 12 oktabr kuni Quyi Norus Chuy viloyati hududida to‘qqiz nafar jinoyatchilar qochishga uringan, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ularning besh nafari qo‘lga olingandi.

Qolgan to‘rt nafari esa huquqni muhofaza qilish organlaridan berkinishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish