11:53 / 15.10.2015
2638

Rio-de-Janeyroning harbiy politsiyachilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida harbiy politsiya xizmatchilariga ish vaqtida planshet va smartfonlardan foydalanish taqiqlandi. Rahbariyatning fikricha, bu asosiy vazifaning bajarilishi samaradorligiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, talab bajarilmagan taqdirda bu og‘ir qoidabuzarlik hisoblanib, harbiy xizmatchiga nisbatan turli darajadagi tintuv va tekshiruv choralari qo‘llanadi.

Qaror mualliflarining fikricha, WhatsApp singari messenjerlar va chatlar, qulayligiga qaramay, xizmat maqsadlarida qo‘llanmasligi lozim.
“Bu vazifalarning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi, xavfsizlikni so‘roq ostiga qo‘yadi”, - dedi ulardan biri.

Top