Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor: Rossiyani internetdan uzib qo‘yish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilgani haqidagi gaplar – alahsirash
Rossiyaning Roskomnadzor tashkiloti bahorda Roskomnadzor hamda Aloqa va kommunikatsiya vazirligi tomonidan Rossiyaning internetdan uzilishini modellashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba haqida OAVlarda paydo bo‘lgan ma'lumotni inkor etdi.
Bunday tajriba o‘tkazilgani haqidagi xabar OAVlarda “ER-Telekom” bosh direktori va Media-kommunikatsiya ittifoqi vitse-prezidenti Andrey Semerikovning gaplariga iqtibos keltirilgan holda chop etilgan edi.
Roskomnadzor matbuot kotibi Vadim Ampelonskiy o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu axborotni “alahsirash” deb atadi.
“Bu tajriba xususida gapiradigan bo‘lsam, men birovning alahsirab aytgan gapini inkor etmoqchimasman. Men kim kimni ko‘proq aldaganini bilmayman. Men faqatgina narsalarni o‘z nomini bilan aytaman. Bu xabar – alahsirash”, deb yozdi Ampelonskiy.
Ampelonskiyning “RIA Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilishicha, “ER-Telekom” mart oyida o‘zining qurilmalarida ma'lumotlarni uzatish xalqaro magistral kanali M9 ni to‘sishni taqlid qiluvchi harakatlarni amalga oshirgan.
“Bundan maqsad Perm o‘lkasi operatori mijozlari uchun internetga ulanish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning baqarorligini baholashdan iborat edi”, deb aytilmoqda Roskomnadzorda.
“Roskomnadzorning bunga hech qanday aloqasi va hattoki natijalardan xabari ham yo‘q. Roskomnadzorda trafikni chuqur tahlil qilish qurilmasining borligi haqidagi axborotga keladigan bo‘lsak, bunday qurilma yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, chunki bu qonunga xilofdir”, deb qo‘shimcha qildi Ampelonskiy.