Jahon | 20:33 / 15.10.2015
5179
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviatsiyasi Suriyada “Ahror ash-Shom” terrorchilik guruhi boshlig‘i, chechenistonlik Ash-Shishaniyni yo‘q qildi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada jangarilarning pozitsiyalariga zarba berishi natijasida “Ahror ash-Shom” terrorchilik guruhi boshlig‘i, chechenistonlik Abu Bakr Ash-Shishaniyni yo‘q qilindi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga suriyalik harbiy manba ma'lum qildi.

“14 oktabrda Rossiya aviatsiyasining Xoms viloyatiga bergan zarbasi oqibatida terrorchilik guruhi boshlig‘i hamda jangarilar guruhi yo‘q qilindi”, deyilmoqda xabarda.

Shu kunning o‘zida Suriyaning SANA axborot agentligi Suriya Qurolli kuchlari “Ahror ash-Shom” terrorchilik guruhining 7 nafar a'zosini, jumladan guruh yetakchilaridan biri Umar al-Xo‘dra va uning yordamchisi, Abu Anas laqabli chechen terrorchisini yo‘q qilganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish