12:26 / 15.10.2015
2407

Rossiyalik internet-sotuvchilardan 70 million rubllik giyohvand moddalar olib qo‘yildi

Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatida to‘rt nafar narkodiller qo‘lga olindi. Ulardan maxsus internet-do‘koni orqali sotishga mo‘ljallab qo‘yilgan 24 kilogramm sintetik giyohvand modda olib qo‘yildi. Bu haqda 15 oktabr kuni “Interfaks” xabar qildi.

Olib qo‘yilgan giyohvand moddalarning umumiy qiymati 70 mln rublni tashkil etadi.
Narkopolitsiya avvaliga internet-do‘konining ikki xodimini hibsga oldi. Tekshiruvlar vaqtida ular yonidan ulgurji va chakana savdo uchun tayyorlangan yarim kilogrammga yaqin giyohvand moddalar topildi.

So‘ngra yana ikki nafar giyohvandfurushlar qo‘lga olingan.
Barcha hibsda saqlanayotganlarga nisbatan tegishli moddalar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top