20:32 / 15.10.2015
2936

Sankt-Peterburgda piyodani anhorga uloqtirgan haydovchi politsiyaga taslim bo‘ldi

Sankt-Peterburgda 15 oktabr kuni yo‘lovchi bilan tortishib qolib, uni yo‘l chetidagi anhorga itqitib yuborgan bezori haydovchi politsiyachilar huzuriga kelib, o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan.

Politsiyachilar ushbu Audi rusumli avtomobil haydovchisini so‘roq qilishgan va bu masalada qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Biroz oldinroq, bugun Sankt-Peterburgning tarixiy joylaridan biri bo‘lmish Admiralteysk tumanida haydovchi va piyoda o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqdi. Haydovchi yo‘lovchini kaltaklab, anhorga uloqtirib ketgani xabar qilingandi.

Natijada jabrlanuvchi salqinlagan.

Jabrlanuvchi Mariinskiy shifoxonasiga olib borilgan. Uning ahvoli yaxshilangani aytilgan.

"Fontanki" nashri ma'lumotiga ko‘ra, Audi mashinasi rulida tadbirkor Maksim Cheshev bo‘lgan.

Top