Sport | 20:06 / 15.10.2015
4976
2 daqiqa o‘qiladi

«Santos» FIFAdan Neymarni yarim yilga diskvalifikatsiya qilishni so‘ramoqda

"Cantos” klubi rahbarlari FIFAga murojaat qilib, klubning sobiq hujumchisi Neymarni yarim yilga diskvalifikatsiya qilishni so‘rashdi. Bu haqda Globo nashrida xabar qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi “Barselona”ga o‘tish mobaynida “Santos” bilan amalda bo‘lgan shartnomasini buzgan.

Neymarning o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona”ga o‘tish jarayonida hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilmagan.

Braziliya klubi Neymardan katta miqdordagi pul undirib, uning yarim yilga diskvalifikatsiya qilinishiga erishmoqchi.

2013 yilda Neymar “Santos”dan “Barselona”ga o‘tgan.  Kataloniyaliklarning o‘sha paytdagi prezidenti Sandro Rossel Neymarning klubga 57,1 mln yevro evaziga o‘tganini aytgan, biroq keyinroq klub rahbariyati futbolchi bilan qo‘shimcha shartnomalar mavjudligini tan olgan. Futbolchining otasi esa transferning haqiqiy bahosi sifatida 100 mln yevro atrofidagi summani aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish