09:30 / 15.10.2015
2577

Shanxayda bolalarni olib ketayotgan avtobus ag‘darildi

Shanxayda bolalarni olib ketayotgan ekskursiya avtobusi ko‘tarma kran bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Shanghai Daily nashri yozmoqda.

Transport ichidagi 44 kishidan 18 nafari arzimas jarohat olgani aytilmoqda.
Videoqayddan ma'lum bo‘lishicha, chapga burilishda avtobus og‘ir transportga yo‘l bermagan, anglashilmovchilik natijasida YTH sodir bo‘lgan. Voqea joyida Porsche Cayenne yo‘ltanlamasi avtobusga o‘ng tomondan urilib, ag‘darilib tushgan.

Top