08:54 / 15.10.2015
2531

Singapurdan 206ta Gamilton toshbaqasini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan rossiyaliklar sud qilindi

Rossiya fuqaroligiga ega 2 shaxs Singapurda yo‘qolish arafasida turgan Gamilton toshbaqalarini kontrabanda yo‘li bilan olib ketishga urinishgani uchun sud qilindi va 15 oylik qamoq jazosiga tortildi.

Channel News Asia nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli Maksim Pavlychev va 34-yoshli Aleksey Radkov shu yilning iyulida qo‘lga olingandi.

Aniqlik kiritilishicha, o‘shanda Indoneziyadan Bangladeshga uchish yo‘lidagi Changi aeroporti xodimlari ularning yonidan 206ta toshbaqani topishgan, toshbaqalarning 27tasi bu vaqtda halok bo‘lib ulgurgandi.

Singapur qishloq xo‘jaligi va veterinariya boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, bu toshbaqalarning umumiy narxi qora bozorda 90 ming dollarga teng hisoblanadi.
Tergovchilarning aytishicha, rossiyalik kontrabandachilarga Indoneziya fuqarolari bu jinoyatni amalga oshirishda yordam berishgan.

Ayni vaqtda tirik qolgan toshbaqalar Singapur yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi nazoratiga topshirilgan.

Top