21:36 / 15.10.2015
8326

Turkiya TIV: Rossiya va Turkiya samolyotlari bir kunda 13 marotaba xavfli ro‘baru bo‘lishdi

Rossiya va Turkiya samolyotlarining bir-birlari bilan kun davomida xavfli raqishda yaqinlashganlari haqida Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Ali Kamol Oydin “Rossiya va Turkiya: ko‘p rejali hamkorlikni mustahkamlash” anjumanida chiqishi paytida aytib o‘tgan.

"Biz Rossiya samolyotlarining Turkiya havo hududini noqonuni buzganligini bo‘rttirib ko‘rsatmayapmiz. Hech qaysi mamlakat o‘z havo hududini boshqa davlat tomonidan buzilishiga, ayniqsa, harbiy samolyotlar bilan buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, - dedi u. – 3 oktabrdan 10 oktabrgachabo‘lgan kunlar oralig‘ida Rossiya samolyotlari bizning havo hududimizni ikki marta buzishdi, uchta Rossiya samolyoti o‘ta xavfli manyovrlarni amalga oshirdi va aynan shu sanalarda ular Turkiya harbiy samolyotlari bilan 13 marotaba xavfli ravishda yaqinlashishdi”.

Oktyabr oyi boshida NATO Rossiya samolyotlari 3 va 4 oktabr kunlari Turkiya havo hududini noqonuniy buzganligini e'lon qilgan edi.

Top