Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi OAVlarga Anqaradagi terakt haqida ma'lumotlar e'lon qilish va tarqatish taqiqlandi
Turkiyadagi Anqara sudi OAVga mamlakat poytaxtida 10 oktabr kuni yuz bergan mudhish portlashlar haqida ma'lumotlarni tarqatishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Hurriyet nashrida yozilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, matbuot, televideniye, radio himda internetdagi har qanday OAVga ushbu terakt bo‘yicha yangiliklar, intervyular, tanqidiy fikrlarni nashr qilish taqiqlangan.
Bu qaror Turkiyadagi rasmiy OAVlarda e'lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kirgan. Rasmiy nashrlarda qarorning to‘liq matni e'lon qilingan.
Qayd etish kerakki, terakt sodir etilishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan turkiyaliklar tvitter va feysbukka kira olmay qolishgandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan 2 marta terakt sodir etilgan edi.
Oxirgi ma'lumotga ko‘ra, Turkiya poytaxtida sodir bo‘lgan terakt qurbonlari soni 106 nafarga yetgan.