22:02 / 15.10.2015
7197

UNIStream to‘lov tizimi orqali eng katta hajmdagi pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilgan

UNIStream xalqaro to‘lov tizimining 2015 yilning yanvar-iyun oylari uchun aylanmasi 100 mlrd rublga yetdi hamda 2014 yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Bu haqda to‘lov tizimining operatori bo‘lgan “Yunistrim” bankida ma'lum qilindi. 

UNIStream tizimida yilning 2-choragidagi o‘tkazmalar hajmi 1-chorakka nisbatan 16 foizga oshgan.

To‘lov tizimida asosan Rossiya va MDH davlatlari o‘rtasida va Rossiya bo‘ylab to‘lovlar amalga oshirilib, ularning ulushi 70 foizdan sal kamroqni tashkil qilgan.

Rossiyadan eng katta hajmdagi o‘tkazmalar O‘zbekiston, Tojikiston, Armanistonga amalga oshirilgan. Rossiyadan uzoq xorij davlatlaridan Isroil, Boltiqbo‘yi davlatlari va Turkiyaga eng ko‘p miqdorda pul o‘tkazmalari yuborilgan.   

Kompaniyada raqobatchilar o‘rtasida pozitsiyaning mustahkamlangani ko‘rsatildi.

UNIStream’da pul o‘tkazmalaridan tashqari, to‘lov operatsiyalari ham katta miqdorda amalga oshirilgan. Joriy yilning birinchi yarmida transaksiyalar miqdori 2014 yilning birinchi yarmiga nisbatan 2 martaga oshgan.

Kompaniya ma'lum qilishicha, tizimda yuridik shaxslar uchun to‘lov xizmatlari faol rivojlantirilmoqda. “Kompaniya bugun o‘z oldiga qo‘yayotgan maqsad – jismoniy va yuridik shaxslar uchun universal to‘lov vositasini yaratishdan iborat”, deyilmoqda kompaniya xabarida.

Top