Jahon | 09:37 / 15.10.2015
2225
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada AQShning Ivakuni aviabazasi yaqinida yashovchilarga 4 mln dollar tovon puli to‘lanadi

Yaponiyaning Yamaguchi prefekturasida, AQSh dengiz piyodalarining Ivakuni aviabazasi yaqinida yashayotgan odamlar shovqin uchun tovon puli sifatida 500.5 mln iyena yoki 4 mln dollar olishadi. Prefektura okrug sudi shunday qaror chiqardi.

Mintaqada yashovchi 654 nafar fuqaro bunday da'vo bilan 2009 yilda chiqqan edi. Ularning talablari, 6 yil o‘tib, qisman qondirildi. Fuqarolar aviatsiyaning kelajakdagi parvozlarini ham inobatga olgan holda 15 mln dollar tovon puli so‘ragan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish