Jahon | 09:08 / 15.10.2015
2571
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada navbatdagi atom reaktori ishga tushirildi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida "Senday" AESning yana bir reaktori ishga tushirildi. Bu haqda Kyushu Electric Power (KEPCO) kompaniyasi xabar qildi.
“Reaktordan elektr energiyasi olinishi 21 oktabrdan boshlanadi. Shundan so‘ng biz uning ish quvvatini bosqichma-bosqich oshirib boramiz.

So‘ngra bir qator tekshiruvlar o‘tkazilib, to‘laqonli ish faoliyatiga o‘tish noyabr oyi o‘rtalarida amalga oshirilishi kerak”, - deya qayd etildi Kyushu Electric Power xabarida.
14 oktabr kuni stansiyada ikkinchi reaktorni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari o‘tkazilib, so‘nggi bor tekshirish ishlari o‘tkazildi. Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, hech qanday nosozliklar aniqlanmagan.

"Senday" ikki yil ichida Yaponiyada 2011 yilning mart oyida "Fukusima-1"dagi avariyadan so‘ng barcha atom obektlari o‘chirilishidan keyin faoliyatini qisman qayta boshlagan ikkinchi AES hisoblanadi. Stantsiyaning birinchi energobloki 11 avgust kuni ish boshlagan edi. Har ikki blokning quvvati 890 MVt ni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish