10:49 / 16.10.2015
2919

Afg‘onistonlik muhojir Bolgariya-Turkiya chegarasida halok bo‘ldi

Bolgariya chegarachilari Turkiya orqali mamlakat hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan 50 nafar afg‘onistonlik muhojirni to‘xtatib qoldi. France Presse agentligining ma'lum qilishicha, muhojirlardan biri o‘qotar quroldan yaralanib, olamdan o‘tgan.

“Ular hibsga olinishida qarshilik ko‘rsatishdi. Zobitlardan biri ogohlantiruvchi o‘q uzishlarni amalga oshirdi, o‘qlardan biri rikoshet bilan muhojirlarga tegib ketdi”, - deb ma'lumot berdi mamlakat IIV shtab boshlig‘i Georgiy Kostov.
Prokuraturada voqea yuzasidan ish ochildi. Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov YeI sammitini tark etib, Sofiyaga qaytib ketdi.

Top