Jahon | 15:48 / 16.10.2015
3322
1 daqiqa o‘qiladi

A.Lukashenko N.Nazarboyevni Xalqlar do‘stligi ordeni bilan mukofotladi

MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi chog‘ida Beloru Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevni oliy mukofot – Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda BNews.kz xabar qildi.

“Ushbu zalda, ushbu tarkibda oliy mukofot – Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirlashni istardim”, - dedi A.Lukashenko.

Nursulton Nazarboyev mukofotni qabul qilib olib, belorus xalqiga bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 16 oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibida jami 17ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, BMT tashkil topishining 70 yilligi hamda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash yuzasidan bayonot, shuningdek, Chernobil AESdagi avariyaning 30 yilligi munosabati bilan murojaat qabul qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish