08:46 / 16.10.2015
2434

AQSh davlat departamenti Afg‘oniston va Pokistondagi AQShning maxsus vakilini e'lon qildi

AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi maxsus vakili etib Richard Olson tayinlandi. Jurnalistlarga bu haqda tashqi aloqalar matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi ma'lum qilgan.

"Elchi Richard Olson 18 sentabrda amal muddati tugagan Deniyel Feldmanni AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi maxsus vakilligidan ozod qildi. Olson to 17 noyabr, uning Pokistondagi elchiligi nihoyasiga yetgunga qadar barcha mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi”, - deb ma'lum qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Olson AQShning Pokistondagi elchisi lavozimida uch yildan buyon ishlaydi. 1982 yildan beri esa AQSh davlat departamentida faoliyat yuritadi.

Top